12:43 / 11.11.2016
8123

Olimlar elektron sigaretalarning ziyon ekanligini isbotlashdi

Foto: © AP

Sahro tadqiqotlari institutining (DRI) amerikalik olimlari elektron sigaretalar suyuqliklarining saratonga olib kelishi mumkinligini aniqlashdi. Mazkur mavzudagi tadqiqot Environmental Science & Technology jurnalida chop etildi. 

Andrey Xlyustov o‘z hamkasblari bilan birgalikda elektron sigaretalar bug‘idagi aldegidlar konsentratsiyasini o‘lchadi. Tadqiqotda uch turdagi veyp va ularga mo‘ljallangan besh xil suyuqlik turidan foydalanildi. Bug‘lanish avtomatik sozlash yordamida to‘rt soniyali tanaffuslar bilan ro‘y beradi.

"Har bir tanaffusda veyper suyuqliklarining har biri juda katta miqdordagi aldegidlarni qabul qiladi, ularning asosiy qismi aromatizatorlar komponentlarining issiqlik ajratishidan ishlab chiqiladi", - dedi Xlyustov. Barcha tajribalarda aldegidlar miqdori AQSh davlat sanoat gigiyenachilari assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan chegaradan o‘tib ketgan. 

Tadqiqot mualliflari aldegidlar miqdori suyuqlikdagi aromatizatorlar miqdoriga proporsional ravishda oshishini ta'kidlashdi. 
 

Top