14:27 / 11.11.2016
5404

Ollandga nisbatan impichment haqidagi rezolyutsiya loyihasi yo‘llandi

Foto: lemonde.fr

Fransiya prezidenti Fransua Ollandga nisbatan impichment haqidagi rezolyutsiya loyihasi 79 nafar deputat tomonidan imzolanib, ijrochi vakillar hokimiyatiga topshirildi. Bu haqida Le Monde nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, hujjatni Milliy kengash raisi Klod Bartolone topshirdi. 

Loyihani tayyorlagan respublikachilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbus fransuz yetakchisi tomonidan davlat sirining saqlanishi borasidagi "vakolatlarini jiddiy buzish"ga asoslangan.

Bundan avval Cevipof tahlil markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma Fransiya aholisining 4 foizigina Olland boshqaruvidan mamnun ekanini ko‘rsatgandi. 
 

Top