14:29 / 11.11.2016
9818

Tramp noroziliklar haqida: «professional namoyishchilar»

Foto: Reuters

Donald Tramp raqiblari prezidentlik saylovi natijalarini qabul qilishni hohlamayapti. Amerika shaharlari ko‘chalarida, ikkinchi kundirki, Donald Trampning prezident sifatida saylanishiga norozilik sifatida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Nyu-York, Chikago, Filadelfiya, Baltimor, Oklend, Miluoki va boshqa yirik shaharlarda shunday namoyishlar tashkil etilgan. 

Siyosatchining o‘zi oshkora raqobatdagi g‘alabasini nishonlayotgan bir vaqtda, «professional namoyishchilar» OAVni tezlamoqda. Respublikachilar vakilining fikricha, bu adolatsiz usuldir. Donald Tramp, Twitter tarmog‘idagi sahifasida «Hozirgina, oshkora va muvaffaqiyatli prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Endi esa,  professional namoyishchilar OAVni targ‘ib qilib, mitingni boshlashdi. Bu adolatsizlikdir!», - degan fikrni bildirgan. 

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari namoyishlarda olingan suratlar va videolavhalarni faol e'lon qilmoqda. Internet tarmog‘ida «MeningPrezidentimemas» — #NotMyPresident xeshtegi ommalashib borayapti.

Namoyishlar AQSh poytaxtida ham bo‘lib o‘tgan. Aktsiya qatnashchilari: «Biz saylangan prezidentni qabul qilmaymiz!», -deya baqirishgan. 

Ayrim shaharlarda politsiya namoyishchilardan ayrimlarini hibsga olgan. Ular yo‘llardagi harakatni to‘sib qo‘yayotgani xabar qilinayapti. Bundan tashqari, Oregon shtati Portlend shahridagi namoyishchilar do‘kon va avtomobil oynalarini sindirgan. 

Eslatib o‘tamiz, 9 noyabrda AQSh prezidentlik saylovining dastlabki natijalari e'lon qilindi. Unga ko‘ra, respublikachi nomzod Donald Tramp 290 nafar saylovchi ovoziga ega bo‘lib g‘alaba qozongan. 
 

Top