16:35 / 12.11.2016
7916

Afg‘oniston parlamenti uch vazirni iste'foga chiqardi

Foto: Sputnik

Afg‘oniston parlamenti besamar faoliyati uchun uch nafar vazirni ishdan chetlatdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi

Iste'foga chiqarilgan amaldorlar orasida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy nomi qayd etilgan. Ma'lum bo‘lishicha, ishdan chetlatilgan vazirlar taqdim etilgan byudjyet vositalarini o‘z vaqtida sarflashning uddasidan chiqishmagan. 

"Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy o‘z vazifasidan chetlatildi va biz prezidentdan bu hamda yana ikki vazir lavozimiga yangi nomzod tayinlashni so‘radik", - deyiladi afg‘on parlamenti spikeri xabarida. 

Manbaga ko‘ra, gap davlat ahamiyatiga ega obektlar bo‘yicha vazir va aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vazirligi rahbari haqida ketmoqda. 

Top