15:26 / 12.11.2016
4652

«Barselona» 19 yoshli «Sassuolo» futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Foto: © AP

Kataloniyaning «Barselona» klubi Italiyaning «Sassuolo» jamoasi qanot yarim himoyachisi Pol Lirola bilan qiziqmoqda.

Ispan klubi 19 yoshli futbolchi borasida uning transfer huquqi tegishli bo‘lgan «Yuventus» bilan aloqaga chiqqan. Kataloniyaliklar uni Aleish Vidalning o‘rniga jamoaga olib kelishni istamoqda.

Ta'kidlab o‘tish joiz, Lirola asli kataloniyalik bo‘lib, «Espanol» klubining tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Top