08:10 / 12.11.2016
9976

Facebook Tsukerbergni "o‘ldi"ga chiqardi

Foto: Getty Images

Facebook ijtimoiy tarmog‘i qator foydalanuvchilarining sahifalarini vafot etgan inson akkauntlari sifatida e'lon qildi, deb yozmoqda Media ITE. Bunga tarmoqda yuz bergan nosozlik sabab bo‘lgan. 

Facebook vafot etgan foydalanuvchilar xotirasini yodga olish imkonini beradi. Bu esa, boshqa foydalanuvchilarga bu dunyodan o‘tgan foydalanuvchilar sahifasida, ular haqida xotiralarini qoldirishga yordam beradi. Biroq, texnik nosozlik tufayli yuzlab tirik insonlarning sahifalari vafot etganlar ro‘yxatida aks etib qoldi. 

Aynan shunday «vafot etganlar» orasida kompaniya asoschisi Mark Tsukerberg sahifasi ham borligi xabar qilinmoqda.

Keyinroq, kompaniya nosozlikni bartaraf etgan va sahifalar egalaridan uzr so‘ragan. Bayonotda aytilishicha, mutaxassislar imkon qadar juda tez ishlashgan. 

 

Top