08:59 / 13.11.2016
10345

Useyn Bolt futbolchiga aylanishi mumkin

Foto: imago sportfotodienst/Globallookpress

Dunyoning eng chopag‘on insoni, yamaykalik sprinter Useyn Bolt  The Guardian nashriga bergan intervyusida yengil atletikadan ketgach, ehtimol professional futbolchiga aylanish variantini ko‘rib chiqishi haqida aytdi.

Uning ta'kidlashicha, u Dortmundning "Borussiya" klubi bilan bir nechta mashg‘ulotlar o‘tkazib, bundan nima chiqishini ko‘rmoqchi. Biroq uning aytishicha, u "Manchester Yunayted" klubiga  muxlisilik qiladi va klub bosh murabbiyi Joze Mourino bilan uchrashishga qarshi emas.

"Agar men "Manchester Yunayted" uchun o‘ynay olganimda, bu orzuim amalga oshsa, juda ajoyib bo‘lardi", deb aytgan 30 yoshli Bolt.

Bolt 9 karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U Pekin (2008), London (2012) va Rio-de-Janeyro (2016) Olimpiadalari ishtirokchisidir.

Top