08:12 / 13.11.2016
4302

Kolumbiya hukumati va isyonchilar yangi tinchlik sulhi imzolashdi

Foto: © EPA

Kolumbiya hukumati va "Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari" (FARC) isyonchilari bilan Gavanada kolumbiyaliklar tomonidan oktabr boshidagi referendumda qabul qilinmagan avvalgi kelishuv o‘rniga yangi yakuniy kelishuvni imzolashdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

"Biz qurolli ixtilofning tugatilishi haqidagi yakuniy kelishuvga erishdik. Kelishuv o‘zgartirishlar, izohlar va jamiyatning turli qatlamlari tomonidan hissani o‘z ichiga olgan", deb aytdi ushbu jarayonni kafolotlovchi davlat sifatida chiqqan Kuba vakili Ivan Mora.  

Oktyabr o‘rtalarida Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos FARC isyonchilariga qarshi o‘t ochishni to‘xtatish tartibi uzaytirilganini ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid
Top