01:56 / 13.11.2016
6187

O‘zbekiston TIVda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Foto: MFA.uz

2016 yilning 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti ma'lum qildi

Muzokaralar davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida umumiy kun tartibining barcha masalalari bo‘yicha hamkorlik, jumladan Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirishga ikki tomon ham intilayotgani qayd etildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari OAV vakillari oldida nutq so‘zladilar.

Uchrashuvda Xitoy Elchisi Sun Lijie ishtirok etdi.

Mavzuga oid
Top