10:41 / 13.11.2016
4690

Janubiy Sudanda noma'lum shaxslar futbol jamoasi avtobusiga hujum qildi

Foto: © RIA Novosti

Janubiy Sudanda qurollangan guruh Young Stars futbol jamoasi futbolchilari va xodimlari mingan avtobusga hujum qilishgan. Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, hujum oqibatida 1 kishi o‘ldirilgan, 6 kishi jarohatlangan.

Afrika futbol konfederatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, ichki chempionatdagi yetakchi jamoalardan hisoblangan Young Stars jamoasi mamlakat poytaxti Juba shahridan Torit shahriga qaytayotganida hujumga duchor bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha avtobus haydovchisi o‘ldirilgan, jarohatlanganlardan biri klub rahbari bo‘lgan. Hodisaning to‘liq tafsilotlari haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid
Top