14:14 / 14.11.2016
4608

Abdulaziz Komilov BMT Mintaqaviy markazi rahbari bilan uchrashdi

2016 yilning 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganovni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berilgan.

Muloqot davomida O‘zbekiston va MOPDMM o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top