10:04 / 14.11.2016
13161

Haftalik dayjest: O‘zbekiston va xalqaro maydonda ro‘y bergan eng sara voqea va hodisalar

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” tuzilmasi o‘zgardi

Foto: railway.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 oktabrdagi 375-sonli qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi.

>> Batafsil

 

Turkmaniston prezidenti bilan uchrashuv

Foto: turkistonpress.uz

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

>> Batafsil

 

O‘zbekistonda yangi elektr uzatish liniyasi qurilishi boshlandi

Foto: nb.kz

«O‘zbekenergo» AJ O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida «220 kV li Taxiatosh IES — Xorazm nimstansiyasi — Sarimoy aholi yashash joyi (Xorazm viloyati) elektr uzatish liniyasi qurilishi» loyihasi doirasida yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i qurilishini boshladi.

>> Batafsil

 

O‘zbekiston va Rossiyaning “Yashil yo‘lagi"

Foto: © Sputnik

O‘zbekiston va Rossiya noyabr oyi oxiriga qadar “Yashil yo‘lak” tizimi tashkil qilish borasidagi shartnomalarni imzolashi kutilmoqda.

>> Batafsil

 

Samarqand viloyatida 2 tuman hokimi almashtirildi

Foto: Uz24

"Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Shuhrat Rahmonov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Bahodir Sayfullayevich Sa'dullayev viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra shahar hokimi etib tasdiqlandi".

>> Batafsil

 

Afg‘onistonga O‘zbekiston tomonidan yordam

Foto: inforeactor.ru

Toshkent nafaqat Qobulning Afg‘onistonda tinchlikni tiklash bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini, balki "Tolibon" radikal guruhi bilan yarashuv jarayonini aniq harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini ma'lum qildi.

>> Batafsil

 

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi

Foto: Reuters

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 10 noyabr kuni Donald Trampni saylovdagi ishonchli g‘alabasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentligiga saylanganligi munosabati bilan tabrikladi.

>> Batafsil

 

Yangi virtual qabulxona

Foto: Kun.uz

2016 yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sahifasida virtual qabulxona faoliyat yurita boshladi.

>> Batafsil

 

Abdulla Oripov Toshkentdagi «Chig‘atoy» qabristoniga dafn etildi

Foto: Kun.uz

10 noyabr kuni O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov vatanida yerga qo‘yildi.

>> Batafsil


Shavkat Mirziyoyev Abdulla Oripovning dafn marosimida ishtirok etdi va hamdardlik bildirdi

Foto: AbdullaOripov.com

O‘zbekiston madhiyasi muallifi Abdulla Oripovning Do‘rmonda o‘tgan dafn marosimida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etgan va marhumning Do‘rmondagi hovlisida ta'ziya bildirish uchun kelganlarni kutib olgan.

>> Batafsil

 

Toshkentda fundamental va amaliy fizika masalalariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium boshlandi

Simpoziumda jahonning 26 mamlakatidan 85 nafar fizik olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Tadbirni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti akademik Shavkat Salixov va O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Avaz Maraximov qutlov so‘zi bilan ochib berdi.

>> Batafsil

 

The Financial Times: elektron hukumat — kelajakda O‘zbekistonning jadal rivojlanishini harakatlantiradigan kuch

Foto: Sputnik

Buyuk Britaniyaning The Financial Times gazetasida "O‘zbekiston: elektron hukumat vakillik demokratiyasi va davlat shaffofligini oshirishni ta'minlaydi" sarlavhasi ostida maqola chop etildi.

>> Batafsil

 

X5 Retail Group O‘zbekistondan meva-sabzavot xarid qiladi

Illyustrativ surat

O‘zbekistonda 8-10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi doirasida xorijiy kompaniya va hamkorlar bilan amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, shunday muzokaralarning birida «Agro-Layn» va X5 Retail Group o‘rtasida 117 mln dollarlik shartnoma imzolandi.

>> Batafsil


Avtomobil haydovchilari orasidagi mish-mish naqadar asosli?

Foto: Telegram.me

Facebook va Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlaridagi xabarlarga ko‘ra, davlat avtomobil raqamlari: “platina”, “oltin”, “kumush” va “bronza” deb nomlangan to‘rt toifaga ajratilganini ko‘rish mumkin.

>> Batafsil

 

Dorixonalarda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnikalar sifatini nazorat qilish bo‘yicha bosh boshqarmasi dorixonalarda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati loyihasini tayyorladi.

>> Batafsil

 

O‘zbekiston Tayvan va Tibetning mustaqilligiga qarshi

Foto: mfa.uz

O‘zbekiston Tayvan va Tibetni Xitoyning ajralmas qismi sifatida qabul  qilishini tasdiqladi.

>> Batafsil

 

Saakashvili iste'foga chiqdi

Foto: © RIA Novosti

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili iste'foga chiqqani haqida ma'lum qildi.

>> Batafsil

 

AQShning yangi 45-prezidenti

Foto: vergecampus.com

Donald Tramp Saylovchilar kollegiyasida 276 nafar saylovchiga ega bo‘lib, AQShning 45-prezidenti bo‘ldi.

>> Batafsil

 

AQShning yangi kuziri: Donald Tramp

Foto: Getty Images

Milliarder Donald Tramp AQSh prezidentlik saylovida g‘olib bo‘ldi. U bu lavozimga bir yilgina kurash olib borgani yo‘q. Milliarder ilk bora prezident bo‘lish orzusi xususida 30 yil muqaddam e'lon qilgan edi.

>> Batafsil

 

Janubiy Koreyada ilk marta prezident so‘roq qilinishi mumkin

Foto: wionews.com

«Prezidentni so‘roq qilish shu haftadayoq bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Lekin so‘roq o‘tkazilmasligi ham mumkin. U holda so‘roq Chxve Sun Silga hukm chiqarilganidan keyin o‘tkaziladi», — deya qayd etilgan Seul prokuraturasida.

>> Batafsil

 

Afg‘oniston parlamenti besh vazirni iste'foga chiqardi

Foto: Sputnik

Afg‘oniston parlamenti besamar faoliyati uchun uch nafar vazirni, shuningdek, ertasi kuni yana ikki nafar vazirni ishdan chetlatdi.

>> Batafsil

 

Qirg‘iziston prezidenti Jeenbekovni respublika bosh vazirligiga tayinladi

Foto: Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Sooronbay Jeenbekovni respublika bosh vaziri etib tayinladi.

>> Batafsil

 

Xitoyda yuqori martabali amaldor pora olgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi

Foto: © AP

Xitoy Xalq siyosiy maslahatlashuv kengashining Guandun viloyatidagi qo‘mitasi sobiq raisi Chju Mingo 21 million dollar miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilgan va uni qatl etish hukmi chiqarilgan.

>> Batafsil


Video: meksikalik qotil futbolchi

Internetda Meksikaning Tulansingo shahrida havaskor jamoalar o‘rtasida kechgan uchrashuv vaqtida o‘yin hakami Viktor Trexoning futbolchi tomonidan o‘ldirilishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

>> Batafsil

 

Makgregor Alvaresni yengib, 2ta vazn toifasida chempion bo‘lgan UFC tarixidagi ilk sportchiga aylandi

Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi, o‘rta yengil vaznda (61-66 kg) UFC jahon chempioni kamari sohibi Konor Makgregor yengil vazndagi (66-71 kg) jahon chempioni, amerikalik Eddi Alvaresga qarshi kechgan jangda g‘olib bo‘ldi.

>> Batafsil

 

Vitaliy Denisov Osiyoning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida e'tirof etildi

Foto: eurosport.com

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv Moskva klubi himoyachisi Vitaliy Denisov Football Channel Asia portali tomonidan oktabr oyida eng yaxshi o‘yin namoyish etgan osiyolik futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.

>> Batafsil

 

Argentinalik muxlislar Messining termadan ketishini talab qilishmoqda

Mahalliy matbuot bergan xabarlarga ko‘ra, Argentinaning Braziliyadan mag‘lubiyatga uchrashiga muxlislar jamoa sardori Lionel Messini ayblashmoqda.

>> Batafsil

 

Fortune jurnali yil tadbirkorini aniqladi

Fortune jurnali dunyoda tadbirkorlar orasidan eng yaxshilarini aniqlab oldi va «Yil tadbirkorlari» reytingini e'lon qildi.

>> Batafsil

Top