20:31 / 14.11.2016
7828

Eng kichik va hamyonbop 3D-printer namoyish qilindi (suratlar+video)

Bugungi kunda 3D-printerning qimmatligi sabab, uning asosiy ustunliklarini  baholashning uddasidan hamma ham chiqavermaydi, biroq xitoylik ishlab chiqaruvchilar yordamga kelib, ixcham yuz dollarlik PocketMaker 3D-printerini yaratishdi. Uni istagan joyingizga o‘zingiz bilan birga olib ketishingiz mumkin. Bu haqida  indiegogo.com'da xabar berildi

Uskuna tomonlari - 8 santimetr, vazni - 850 gramm, shakli -  to‘g‘ri kub. Printer oq, pushti, havorang va sariq rangdagi PLA va ABS iplari yordamida amalga oshiriladi. Foydalanuvchi firma ilovasida shaxsiy 3D-modelini chizishi yoki tayyor maketlar bazasidan qo‘llashi mumkin. U ochiq kodga ega bo‘lib, Android, IOS, Windows va  Mac OS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchilar PocketMaker'ning hajmiga qaramay, chop etilgan mahsulot sanoat printeridan qanday chiqqan bo‘lsa, shunday bo‘lishiga va'da berishmoqda. Yagona farqi, unda katta obektlarni yaratib bo‘lmasligida. 

 

Top