15:58 / 14.11.2016
6210

Germaniya prezidentligiga Shtaynmayyer nomzodi ilgari surilmoqda

Foto: RIA

Germaniya hukmron koalitsiyasi tarkibiga kiruvchi partiyalar yetakchilari Frank-Valter Shtaynmayyerni mamlakat prezidentligi lavozimiga tavsiya qilishga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda N-tv telekanali.

Ta'kidlanishicha, koalitsiya yagona nomzod borasida uzoq vaqt urinishgan. Biroq, kansler Angela Merkel rahbarligidagi Nasroniy-demokratik ittifoqi aniq qarorga kela olmagan. 

Nihoyat, kansler Germaniya sotsial-demokratik partiyasi rahbari Zigmar Gabrielning Shtaymayyer xususidagi taklifini qo‘llab-quvvatlagan. 

Mavzuga oid
Top