15:10 / 14.11.2016
8932

Makgregor faoliyatida tanaffus qilish haqida o‘ylamoqda

Foto: Twitter/TheNotoriousMMA

Irlandiyalik aralash janglar bo‘yicha yakkakurashchi Konor Makgregor sport faoliyatida tanaffus qilish haqida o‘ylayotganini tan oldi. UFC birinchiligining ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni kamarlari sohibining xulosasi haqida MMA Weekly nashri yozmoqda.

«Men oilam va farzandim haqida o‘ylashim kerak. Avvalgidek, ko‘p jang qilishim uchun menga yangi turtki kerak. Menga janglar uchun to‘lanadigan gonorarlar endi yetarli emas», — degan irlandiyalik sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor UFC 205 musobaqasida AQSh vakili Eddi Alvaresni mag‘lub etib, tashkilotning yarim yengil va yengil vazn toifalarida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan edi. O‘sha kuni irlandiyalik bokschi, boshqa bir amerikalik Maykl Jonsonni mag‘lub etgan rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedovni jangga chorladi.
 
28 yoshli Makgregor aralash janglar qoidasi bo‘yicha 24ta jang o‘tkazib, 21 marta g‘alaba qozongan, uch marta mag‘lub bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top