17:26 / 14.11.2016
20000

Nazarboyev Trampning g‘alabasiga o‘z qarashini bildirdi

Foto: Arkoda.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, AQSh prezidentligiga Donald Trampning saylanishi bilan jahon yetakchilari o‘rtasida ijobiy muloqot boshlanishiga umid qilmoqda, deb xabar qilmoqda KazTAG axborot agentligi. 

«AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijalari ijobiy natijaga umid uyg‘otadi. Men birinchi galda dunyoning qudratli mamlakatlari o‘rtasida muloqotning qayta boshlanishi va ularning o‘rtasidagi asosiy qarama-qarshilikka barham berilishi mumkinligini nazarda tutmoqdaman», - degan Nazarboyev Ostona klubining II majlisida. 

«Men, janob Tramp saylanishining Qozog‘istonga naqadar nafi tegishini ham bilmayman. Ammo, siyosatchilar va dunyo bir-birini o‘zaro anglash uchun intilishlari kerak, deb o‘ylayman. Shimoliy Koreya, Suriyada bo‘layotgan voqea-hodisalar va bizlarning terrorchilar nishonida turganimiz, buyuk davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch yo‘qligi sabab yuz bermoqda. Terrorizmni dunyoning barcha davlatlari birlashmas ekan, yengib bo‘lmaydi», - deb qo‘shimcha qilgan Nazarboyev. 

Mavzuga oid
Top