09:08 / 14.11.2016
6948

Taylandda bir oylik motam poyoniga yetdi

Foto: © EPA

Tayland qiroli Pumipon Adulyadet vafoti munosabati bilan mamlakat hukumati turli xil ko‘ngilochar tomoshalardan 30 kun muddatga voz kechishni tavsiya qilgan edi. Motam tugashining birinchi kuni, yomg‘irlar mavsumi tugashi bilan tantana qilinadigan qirollikdagi an'anaviy Loy Kratong festivaliga to‘g‘ri keldi. 

Tayland taxtida 70 yil o‘tirgan Rama IX ning vafotidan so‘ng, mamlakat hukumati bir yillik motam e'lon qildi. Bu asosan, davlat xizmatchilari va davlat kompaniyalari xodimlariga tegishlidir. Qolgan barcha fuqarolarga bir oylik motamga rioya qilish tavsiya qilingandi. 

"30 kunlik motam kunidan so‘ng, ko‘pgina ishlar o‘z iziga tushadi, ammo aksariyat fuqarolar o‘zlarining shaxsiy qarori bilan bu muddat tugaganidan keyin ham maxsus motam libosini kiyib yurishlari aniq", - degan Tailand sport va turizm vaziri  Kobkarn Vattanavrangkun.

14 noyabrdan davlat bayroqlari ko‘tarilishi kerak edi. Biroq, ko‘pgina idoralarda hali ham bunday qilinmagan. 

Shunga qaramay, Bangkok va qirollikning boshqa shaharlarida Loy Kratong – suv festivali nishonlanadi. Qirollikda oy taqvimining o‘ninchi oyi to‘lin oy kechasida suv havzalarida gullar va banan barglaridan yasalgan qayiqchalar oqiziladi. Ularda shamchiroqlar yoqiladi. Tayliklarning ishonishicha, shu bilan ular turli yomonliklardan xalos bo‘lishadi. 


 

Mavzuga oid
Top