14:56 / 14.11.2016
7205

TIVda Tojikiston elchisi bilan davlatlararo chegara bo‘yicha masalalar muhokama etildi 

Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

2016 yilning 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilgan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokara jarayonini faollashtirish va uni qonuniy rasmiylashtirishni tezlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Top