16:43 / 14.11.2016
14024

Tramp o‘ziga qarshi ommaviy namoyishlar haqida: Bas qiling!

Foto: cbsnews

AQShning yangi prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, mamlakatning ko‘plab shaharlarida davom etayotgan amerikaliklarning namoyishlariga barham berish kerak. Ular Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini noqonuniy deb hisoblashmoqda. Tramp bu haqda CBS telekanalining «60 daqiqa» ko‘rsatuviga bergan intervyusida so‘z yuritgan

«Men buni to‘g‘ri kameraga aytaman: bas qiling», — degan milliarder, Lesli Shtalning Qo‘shma Shtatlardagi namoyishlarga izoh berish haqidagi iltimosiga javoban. 

Bunda, Tramp bo‘layotgan voqealar tufayli kayfiyati buzilayotganini ta'kidlagan. 

«Qo‘rqmang. Biz mamlakatimizni qaytarib olamiz. Qo‘rqmang, axir», — deya qo‘shimcha qilgan Tramp. Uning fikricha, namoyishchilar mamlakatdagi ozchilikni tashkil etuvchi insonlar huquqlari poymol etilishidan xavfsirashmoqda. 

AQShning yirik shaharlari, xususan, Mayami, Nyu-York, San-Frantsisko, Atlanta, Filadelfiya va Portlend kabi shaharlari yirik norozilik namoyishlari o‘chog‘iga aylangan.

Top