11:48 / 15.11.2016
5153

20 yil mobaynida O‘zbekistonning 4 mln.dan ortiq aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi

Foto: © Fotolia

14 noyabr kuni Toshkent shahar Xalqaro biznes markazida O‘zbekistonda tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimining 20 yilligi munosabati bilan “Sog‘lom avlod – yurt kelajagi” mavzusida Respublika konferensiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekistonda tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan Tibbiy-ijtimoiy Markaz (TIM) tashkil etilgan.

Tibbiy-ijtimoiy patronajning ish faoliyati quyidagi 3 bosqichdan iborat:
— Oilalarni ahvolini har tomonlama o‘rganib, guruhlarga ajratish;
— Oilaning umumiy holatini yaxshilash maqsadida chora-tadbirlarni amalga oshirish;
— Tibbiy-ijtimoiy patronajning natijalaridan kelib chiqqan holda tuman, viloyatlar va respublika miqiyosida o‘sib kelayotgan yosh avlodni tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ahloqiy tarbiyalashga yordam berish kabilardir.

Fondning tibbiy-ijtimoiy patronaji 14 ta ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalar faoliyati orqali amalga oshirilmoqda. Barcha 14 ta ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari zamonaviy avtoambulanslar bilan ta'minlangan. Shundan 10 tasi Turkiya Respublikasining TIKA tashkiloti tomonidan taydim etilgan “Mercedes-Benz” rusumidagi avtoambulanslardir. Ushbu avtoambulanslar eng zamonaviy diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Avtoambulanslar aholini, asosan ayollar va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, muruvvat yordami berish hamda aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlarini olib borish uchun Respublikaning barcha viloyatlariga, ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Fond tomonidan kam ta'minlangan oilalarga, asosan ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari orqali muruvvat yordami (dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar) topshiriladi.
Ma'lumot uchun aytib o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasida 20 yil (1996 – 2016 yillar) davomida ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan 4 mln.dan ortiq aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilgan. Shundan 1972058 nafari ayollar, 1131469 nafari bolalar, 551173 nafari o‘smirlar, 127608 nafari erkaklardir. Birgina 2016 yilning shu davriga qadar respublika miqyosida 3000 dan ortiq oilalarga tashrif buyurilib, manzilli ravishda muruvvat yordamlari yetkazib berildi. Shuningdek 1323 nafar fuqaroga murojati bo‘yicha yordamlar ko‘rsatilib, shundan 25 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi.
 

Top