16:03 / 15.11.2016
6359

8-10 noyabr kunlari "O‘zekspomarkaz"da birinchi Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Foto: Sochnaya dolina

Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasida o‘ttizdan ortiq mamlakatdan 150 qayta ishlovchi kompaniya, savdo tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, tegishli vazirliklar va idoralar, logistik kompaniyalar ishtirok etdi.

InterSok kompaniyalar guruhi yarmarkada Viko, "Sochnaya dolina", Pro100sok savdo markalari,  quritilgan sabzavotlar, ziravorlar va ingridiyentlar, shuningdek InterSok kompaniyalar guruhiga kiruvchi «Green Agro Food» MChJ tomonidan yetishtiriluvchi sarxil meva va sabzavot mahsulotlari bilan qatnashdi.

Foto: Sochnaya dolina
Foto: Sochnaya dolina

4-raqamli pavilondagi stendimizda nafaqat Viko, "Sochnaya dolina" va Pro100sok savdo belgilari sharbatlarining mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish, yetkazib berish va yo‘lga qo‘yish ishlari bilan tanishtirildi, balki ularning betakror mazasidan bahra olishga imkoniyat ham yaratildi.

Foto: Sochnaya dolina

U yerda qiziqarli viktorinalar va tanlovlar o‘tkazildi, ishtirokchilarga esa InterSok'dan mazali va foydali sovg‘alar, shuningdek hamkorimiz JOY Bowling Club'dan (https://www.facebook.com/JoyBowlingClub/) supersovg‘a  taqdim etildi.

Foto: Sochnaya dolina
Foto: Sochnaya dolina

Toshkent Barmenlar uyi (https://www.facebook.com/uzbarmen/) tomonidan uyushtirilgan bayramona shou, shuningdek Viko hamda "Sochnaya dolina" savdo belgilarining sharbatlari va nektarlaridan kokteyllar tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsi tashrif buyurgan mehmonlarni befarq qoldirmadi.

Foto: Sochnaya dolina
Foto: Sochnaya dolina

Bu hali hammasi emas. O‘zbek estradasi yulduzlari Ulug‘bek Rahmatullayev va Shahzoda o‘zlarining yorqin ishtiroklari  bilan stendimizga o‘zgacha fayz bag‘ishlashdi. Bundan tashqari tashrif buyurganlar Rio-de-Janeyrodagi XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ruslan Nuriddinov bilan ko‘rishib, suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

Foto: Sochnaya dolina

Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasiga sertifikatlarni topshirish marosimi ajoyib yakun yasadi - kompaniyamiz "Meva va sabzavot mahsulotlarining eng yaxshi yetishtiruvchisi va qayta ishlovchisi" nomini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida

Top