10:02 / 15.11.2016
4893

Apple to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklari ustida ishlamoqda

Foto: Depositphotos

Apple korporatsiyasi to‘ldirilgan reallik raqamli ko‘zoynaklarini ishlab chiqish ustida bosh qotirmoqda. Bu haqida Bloomberg nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, bunday ko‘zoynaklarni yaratish loyihasi ilk bosqichda turibdi. Bugungi kunda korporatsiya turli test tadqiqotlarini o‘tkazmoqda. 

Ta'kidlanishicha, linzalar o‘rniga maxsus displeyli ko‘zoynak iPhone'ga ulanishi mumkin. Ikki displeyda ham smartfonlardan tasvirlar va matnlar aks etadi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, agar Apple rahbariyati ushbu ixtironi tasdiqlasa va uni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa, u 2018 yildan keyin bozorga chiqadi. 
 

Top