17:05 / 15.11.2016
7034

Iroq hukumati Mo‘sul shahrini tiklash rejalarini ma'lum qildi

Foto: AFP

Iroq rejalashtirish vazirligi mamlakat shimolidagi Mo‘sul shahrini tiklash bo‘yicha maxsus loyihani ishlab chiqqan. Iroqning "As-Sabah" gazetasi yozishicha, bu haqda vazirlik rasmiy vakili Abdul Zahro al-Handaviy ma'lum qilgan

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki bosqichli rejaning birinchi bosqichi bir oydan yarim yilgacha davom etadi. Bu muddat ichida shaharning asosiy infratuzilmalari, suv, elektr ta'minoti, sog‘liqni saqlash tizimi tiklanadi va aholi turarjoy mavzelarini tozalash ishlari yakunlanadi. 

Ikkinchi bosqichda, vazirlik rasmiy vakilining aytishicha, strategik inshootlar, xususan yo‘llarni tiklash, aloqa va maktablar qurish ishlari boshlanadi. Bu ishlar bilan mazkur sohalarga ixtisoslashgan xalqaro kompaniyalar shug‘ullanishadi. 

Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha harbiy amaliyotni Iroq armiyasi AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya ko‘magida o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid
Top