21:20 / 15.11.2016
8262

Kechki dayjest: 15 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 15 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida. 

Erdo‘g‘an O‘zbekistonga keladi

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy haftada O‘zbekiston va Pokistonga safar qiladi.

>>>  Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni qiroliga hamdardlik bildirdi


Foto: rbk.ru

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohiga uning akasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

>>>  Batafsil.

Surxondaryoda yangicha ko‘rinishdagi agrofirmalar tashkil qilinadi


Foto: UzDaily

O‘zbekiston hukumatining 2016 yil 9 noyabrida «Surxondaryo viloyatida dehqon xo‘jaliklarining imkoniyatlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida Surxondaryo viloyatida MJCh ko‘rinishida agrofirmalar tashkil qilinadi.

>>>   Batafsil.

Obama Donald Trampga xulqini o‘zgartirish borasida maslahatlar berdi


Arxiv surat / BBC

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda o‘tkazgan an'anaviy matbuot anjumanida  mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga maslahatlar berdi.

>>>    Batafsil.

OAVda Tramp va Gitler o‘rtasidagi o‘xshashlikka ishora qilinmoqda


Foto: Globallookpress.com

Snopes.com portali The New York Times'ning 1992 yil 21 noyabrdagi maqolasiga e'tiborni qaratdi.

>>>   Batafsil.

Turkiya bosh vaziri Yildirim YeIga o‘ziga xos ultimatum qo‘ydi


Foto: Reuters

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bayonot berishicha, Yevropa Ittifoqi Turkiya va dushmanlaridan birini tashlashi kerak.

>>>   Batafsil.

Aleksey Ulyukayev aybiga iqror bo‘lmadi


Foto: RIA «Novosti»

Bugun RF iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevga  ikki million dollar miqdoridagi pora olganlik ayblovi qo‘yilib, qo‘lga olindi. So‘rov davomida Aleksey Ulyukayev aybiga iqror bo‘lmadi.

>>>   Batafsil.

9 yashar musulmon qizcha Donald Trampga bag‘ishlab esse yozdi


Foto: Reuters

Avstraliyaning Melburn shahridagi boshlang‘ich maktabda tahsil oluvchi 9 yashar musulmon qizcha AQShning yangi saylangan prezidentiga atab esse yozdi.

>>>   Batafsil.

Sud 28 yil umrini qamoqda o‘tkazgan amerikalikni aybsiz deb topdi


Foto: © Fotolia

Amerikalik nomusga tegish jinoyatida ayblanib, 28 yil umrini qamoqda o‘tkazganidan so‘ng, bugunga kelib, sud uni aybsizligini tasdiqladi.

>>>    Batafsil.

Jyeki Chan Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi


Foto: GuinnessWorldRecords

Jyeki Chan kino sanoatidagi 56 yillik faoliyatidan so‘ng Akademiya tomonidan sharafli mukofotni qo‘lga kiritdi.

>>>   Batafsil.

Velosipedlarni saqlashning yangi usuli o‘ylab topildi (video)

Ikki g‘ildirakli transport vositasini saqlash borasida xorij ommaviy axborot vositalarida ko‘plab ma'lumotlar beriladi. Litva startapi velosipedni joylashtirishning  eng ixcham bo‘lmasa-da, qulay va tejamkor usulini ishlab chiqdi.  

>>>   Batafsil.

Bahraynda eng tez Nissan GT-R ishlab chiqildi


Foto: Motor.ru

Bahraynda joylashgan EkanooRacing tyuning atelesi poygachi Nissan GT-R modeli qayta ishlangan namunasining rekord ko‘rsatkichi qayd etilgan videoni internetga joylashtirdi.

>>>    Batafsil.

JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yutqazdi

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi "World Cup" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilgan mezbonlar irodali g‘alabaga erishdi.

>>>   Batafsil.

Suriya Eronni to‘xtatdi va O‘zbekistonga yordam berdi


Foto: OFK


2018 yilgi jahon chempionati uchun saralashning 3-bosqichi, A guruhida O‘zbekiston terma jamoasiga guruhdosh bo‘lgan Suriya hamda Eron terma jamoalari o‘rtasidagi 5-tur uchrashuvi o‘tkazildi.

>>>   Batafsil.

Top