09:45 / 15.11.2016
8320

Klub prezidenti 20:0 hisobidagi yirik g‘alaba tufayli futbolchilarni mukofot pullaridan mahrum etdi

Turkiyadagi «Ulubey Belediyespor» nomli havaskor jamoa prezidenti Isa Turkchan «Karabyukspor» jamoasi ustidan qozonilgan 20:0 hisobidagi yirik g‘alabadan keyin futbolchilarga mukofot pullari berishdan bosh tortdi. 

Turkchanning so‘zlariga ko‘ra, uning futbolchilari raqibga hurmatsizlik ko‘rsatgan va ularni yerga urishga uringan. Shuning uchun ular jazo sifatida va'da qilingan bonuslardan mahrum etiladi.

«Bizning futbolchilarimiz raqiblariga o‘ta hurmatsiz munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun, men ularni mukofot pullaridan mahrum qilaman», — deya prezidentning so‘zlarini keltirgan Goal.

Top