08:17 / 15.11.2016
5459

Obama: Tramp AQSh va NATOning hamkorligiga sodiqligini bildirgan edi

Foto: © AP

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, Qo‘shma Shtatlarning yangi prezidenti Donald Tramp AQSh va NATO hamkorligiga sodiqdir, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» axborot agentligi.

«Yangi saylangan prezident bilan o‘tkazgan muloqotimda, u bizning strategik munosabatlarimizni saqlab qolish muhimligi haqida so‘z yuritgan edi. Shunga ko‘ra, mening NATO mamlakatlariga bildirishim mumkin bo‘lgan narsa shuki, Trampning  NATO va Transatlantika alyansiga sodiqligidir», — degan Obama matbuot anjumanida. 

Avvalroq, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Donald Trampni ogohlantirib, Qo‘shma Shtatlar uchun alyansdan voz kechish vaqti emasligini aytgandi. 


 

Mavzuga oid
Top