09:20 / 15.11.2016
4038

Panama prezidenti: ofshor mojarosi o‘tmishda qoldi

Foto: © AP

"Panama hujjatlari" deb nomlangan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan bog‘liq mojarolar o‘tmishda qoldi. Panama prezidenti Xuan Karlos Varela Meksika poytaxtida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida shunday fikrni bildirdi. 

Markaziy Amerika respublikasi rahbari Meksikaga tashrif buyurib, hamkasbi Enrike Penya Neto bilan muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari, shuningdek, xavfsizlik, muhojirlik, iqtisodiy loyihalar va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. 

"Biz, butunlay shaffof bo‘lgan Panama moliya tizimini himoya qilish uchun qonunchilik talablarini o‘zgartirishda ilgarilab ketdik", - deya Varela so‘zlarini keltiradi La Jornada gazetasining sayti. Prezidentning ta'kidlashicha, uning mamlakati "o‘z moliya tizimi"ni bugungi kunning shaffoflik talablariga moslashtirgan hamda Meksika biznes jamoatchiligiga, "ularning sarmoyalariga Panamada hech narsa tahdid solmayapti". 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyi boshlarida, Vashingtonda joylashgan Jurnalistik surishtiruvlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ) jahonning sobiq va amaldagi davlat rahbarlari, siyosatchilar, madaniyat va sport namoyandalarining ofshor hisob raqamlariga oid 11,5 mln hujjatni e'lon qilgan edi. Mazkur to‘plamga "Panama hujjatlari", deya nom berilgandi. 


 

Top