00:22 / 15.11.2016
11970

Rossiya mudofaa vazirligida MiG-29 samolyoti Suriya sohillari yaqinida falokatga uchragani tasdiqlandi

Foto: TASS

Rossiya mudofaa vazirligi vakili MiG-29 qiruvchi samolyoti "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasidan bir necha kilometr uzoqlikda O‘rta yer dengizida falokatga uchraganini ma'lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.

"Mashg‘ulot parvozlari o‘tkazilayotganda qo‘nishga kirishda yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli "Admiral Kuznetsov" kreyserigacha bir necha kilometr qolganda Mig-29K samolyoti falokatga uchragan", deb ma'lum qilindi vazirlikda.

Samolyot uchuvchisi katapulta qilgan va kreyser bortiga yetkazilgan. Unga hech narsa qilmagan.

Avvalroq AQShning Fox News telekanali Rossiyaning MiG-29 samolyoti "Admiral Kuznetsov" kreyseridan uchgandan biroz o‘tib O‘rta yer dengizida, Suriyadan uncha uzoq bo‘lmagan joyda falokatga uchraganini ma'lum qilgandi.

 

Top