00:10 / 16.11.2016
8542

Chovusho‘g‘lu: Anqara Yevropa Ittifoqining kamsitiqcha munosabatidan to‘ydi

Foto: © Sputnik/ Fuad Safarov

Anqara Yevropa Ittifoqining kamsitiqcha munosabatidan to‘ydi, turk xalqi Bryussel bilan Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarning to‘xtatilishini talab qilmoqda, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu. 

O‘tgan haftada Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Yevropa Ittifoqiga a'zo 28 ta davlat nomidan Turkiyadagi voqealar munosabati bilan jiddiy xavotir bildirdi. Gap avvalambor Turkiyada o‘lim jazosining tiklanishi mumkinligi, OAV va so‘z erkinligi cheklanishi hamda kurdlarni qo‘llab-quvvatlovchi Xalqlar demokratiyasi partiyasi a'zolarining hibsga olinishining muhokama qilinshi haqida ketmoqda. Yevropa Ittifoqining fikricha, Anqaraning o‘zini tutishi uning Yevropa Ittifoqiga kirishini shubha ostiga qo‘ymoqda.     

"Yevropa davlatlarida Turkiya bilan uning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muloqotning bas qilinishi mavzusi faol muhokama qilinmoqda. Turkiya bunday munosabatga noloyiq. Shuning uchun biz Yevropa Ittifoqi bilan muloqotning davom ettirilishi masalasini referendumga olib chiqamiz, qarorni esa xalq qabul qilsin. Biz bunday kamsitiqcha munosabatdan to‘ydik. Biz Yevropa Ittifoqi bilan bu og‘ir davrni birgalikdagi qadamlar va o‘zaro ishonch muhiti sharoitidagina yenga olamiz", deb aytdi Mavlud Chovusho‘g‘lu Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer bilan Anqarada bergan matbuot-anjumanida.

Referendumning o‘tkazilishi g‘oyasini Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

Chovusho‘g‘lu shuningdek Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarining Yevropa bo‘ylab hech qanday to‘siqlarsiz harakatlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. Uning aytishicha, Germaniyaning o‘zida KIPning 4500 ga yaqin "sheriklari va terrorchilari" bor bo‘lib, bugungi kungacha ulardan bor-yo‘g‘i 3 nafarigina Turkiyaga topshirilgan.  

 

Mavzuga oid
Top