22:16 / 16.11.2016
18762

Forbes eng ko‘p maosh oluvchi 30 yoshdan kichik bo‘lgan mashhurlar reytingini e'lon qildi

Amerikaning Forbes jurnali eng ko‘p haq to‘lanadigan 30 yoshga to‘lmagan mashhurlar reytingini e'lon qildi.

Birinchi o‘rinda amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift bormoqda. Uning yoshi 26 da bo‘lib, 2016 yil 170 mln dollar ishlagan. Ikkinchi o‘rinda One Direction guruhi ishtirokchilari bormoqda. Kollektiv 110 million dollar daromad ko‘rgan. “Barselona” futbol jamoasi hujumchisi Lionel Messi 81,5 mln dollar bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Kuchli o‘nlikdan britaniyalik 28 yashar qo‘shiqchi Adel (80,5 million dollar), 28 yashar qo‘shiqchi Rianna (75 million dollar) joy egallagan. Ro‘yxatda, shuningdek, 22 yashar Jastin Biber, serbiyalik 29 yashar tennischi Novak Jokovich va basketbolchi Kevin Dyurant (har biri 56 million dollar atrofida) ham bor.

Top