20:29 / 16.11.2016
18708

Xitoyda ommaviy hojatxonalar Tramp deb nomlanayapti. Xo‘sh, nega?

Foto:en.sztrump.net

Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan hojatxonalarda AQShning yangi prezidenti Donald Trampning ismini uchratish mumkin. New York Times gazetasi nega Xitoyda AQSh davlat rahbari aynan shu joyda tilga olinayotganiga oydinlik kiritdi.

Xitoyda yuqori texnologik hojatxonalar asoschisi Chjuna Tsziyening so‘zlariga ko‘ra, u o‘z kompaniyasini 2002 yilda Shenzhen Trump Industrial Company nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan.  U o‘shanda Donald Tramp kimligini hatto xayoliga ham keltirmagan. Uning tushintirishicha, “tramp” deb eshitiluvchi iyerogliflar, “innovatsiya bo‘ylab” deb tarjima qilinadi.

— Biz rostdan ham Tramp kim ekanligini bilmaganmiz. Bu ochiq-oydin tasodifdir, — dedi Chjun Tsziye.

 

Top