21:27 / 16.11.2016
8146

Kechki dayjest: 16 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 16 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida. 

O‘zbekiston hukumati Pokistondagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xub shahrida (Belujiston provinsiyasi) sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning, ayniqsa ayollar va yosh bolalarning nobud bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharifga samimiy ta'ziya bidirilgan maktub yo‘lladi.

>>> Batafsil.

Toshkent shahar pasport bo‘limlari biometrik pasport bo‘yicha qabullarni to‘xtatdi

Toshkent shahri tumanlarining pasport beruvchi bo‘limlari qabullarni to‘xtatgan va biometrik pasportga suratga olish ishlari amalga oshirilmayapti.

>>> Batafsil.

Putin ikki million dollar pora olgan amaldorni o‘z lavozimidan ozod etdi


Arxiv surat / "Novaya gazeta"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy taraqqiyot vaziri lavozimidan ozod etish borasidagi qarorga imzo chekdi.

>>>  Batafsil.

Klinton Trampni 1 mln ovoz bilan ortda qoldirdi


Arxiv surat / journalby.com

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton o‘zining asosiy siyosiy raqibi, endilikda mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Trampni 1 mln ovoz bilan ortda qoldirmoqda.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston Qrim masalasi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini qabul qilishga qarshi ovoz berdi


© Valeriy Sharifulin/TASS

Ukraina BMT Bosh Assambleyasi 3-qo‘mitasida Qrimdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni qoralovchi hamda Rossiyani yarimorolga xalqaro kuzatuvchilarni kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilinishiga erishdi.

>>> Batafsil.

Tramp ikkinchi marta Yangi Zelandiya bosh vaziriga qo‘ng‘iroq qildi


Arxiv surat / Daily Mail

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Yangi Zelandiya bosh vaziri Jon Kiga ikkinchi bor qo‘ng‘iroq qilib, u bilan bog‘lanishga urindi.

>>>  Batafsil.

Erdo‘g‘an Mursiyni zudlik bilan ozod etishga chaqirdi


© AP Photo

O‘lim jazosidan qutilib qolgan Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy ozod etilishi ham kerak.

>>> Batafsil.

Xitoyda Kim Chen Inga nisbatan "semiz" so‘zini qo‘llash taqiqlandi


Foto: © AP

Xitoy internetida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga nisbatan "semiz" so‘zini qo‘llash taqiqlandi.

>>>  Batafsil.

Tojikiston uch yilda 916 million dollarlik qarz olmoqchi


Foto: © Fotolia

Tojikiston parlamenti 2017-2019 yillar uchun tashqi qarzlar dasturini qabul qildi. Mamlakat 916 million dollar olishni rejalashtirmoqda.

>>> Batafsil.

Bollivud  qiroli Shohruhxon «Viy 3» filmida suratga tushadi

Bollivud qiroli hisoblanmish Shohruhxon «Viy 3» kartinasi ustida olib borilayotgan suratga olish ishlarida ishtirok etadi.

>>>  Batafsil.

AQShda o‘tgan “Yil avtomobili” tanlovi finalchilari nomi ma'lum qilindi

“Shimoliy Amerikaning eng yaxshi yengil avtomobili, yo‘ltanlamasi va og‘ir mashinasi” tanlovi tashkilotchilari birinchi o‘rin uchun intilayotgan nomzodlar nomini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

«Barselona» yangi titul homiysi bilan 240 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘zining rasmiy saytida Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Braziliya Janubiy Amerika miqyosida yangi rekord o‘rnatdi


Foto: AFP

JCh-2018 saralashining KONMeBOL mintaqasi 12-turidan uchrashuvda Braziliya terma jamoasi mehmonda Peruni mag‘lubiyatga (2:0) uchratib qaytdi.

>>> Batafsil.

Top