22:47 / 16.11.2016
6145

Kobulda IShID hudkushi amalga oshirgan terakt oqibatida prezidentning ikki qo‘riqchisi halok bo‘ldi

Foto: Mohammad Ismail / Reuters

Afg‘oniston poytaxti Kobulda IShID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan terakt oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Terrorchi-xudkush mototsiklda tirbandlikda turgan va davlatning birinchi shaxslari xavfsizligini ta'minlovchi maxsus xizmat xodimlarini olib ketayotgan mikroavtobus yoniga kelib, o‘zini portlatib yuborgan. Portlash oqibatida avtobus jiddiy shikastlangan, uning yonida turgan mashina esa butkul yo‘q bo‘lib ketgan.  Oqibatda maxsus xizmatning avtobusdagi 2 nafar xodimi va 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 13 kishi jarohat olgan.

 

Top