22:22 / 16.11.2016
5041

Misrda qotillik qilgan politsiya xodimi umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Getty Images

Misrda choy tufayli qotillik qilgan politsiya xodimiga sud tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga nisbatan qo‘llanilgan mazkur holat Misr uchun noodatiy hol hisoblanadi. chunki mamlakat politsiyasi va aholi o‘rtasida yaxshi munosabat shakllangan. 

Politsiya xodimi Qohira chetidagi shaharda choy narxi uchun talashayotgan uch nafar shaxsni uchratadi. Otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ladi, hududda tartibsizlik boshlanadi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, sudning mazkur qarori yuzasidan shikotyalar kelib tushishi mumkin. Shunga ko‘ra, umrbod qamoq jazosini 25 yillik jazo bilan almashtirish ehtimoli bor.

 

Mavzuga oid
Top