15:13 / 16.11.2016
4279

OAV: YeI Shengen hududiga kirish uchun elektron vizalar tizimini joriy qilmoqchi

Foto: TASS

Yevropa Ittifoqi Shengen hududiga kirmoqchi bo‘lgan YeI fuqarolari bo‘lmaganlarga elektron vizalar tizimini kiritmoqchi. Bu tizim Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartib haqidagi kelishuvga ega bo‘lgan barcha davlatlar fuqarolariga safar haqida xabardor qilish va buning uchun haq to‘lashga majbur qiladi. Bu haqda Die Welt nashri o‘z tahririyatiga kelib tushgan, YeIning ichki ishlar, migratsiya qa fuqarolik masalalari bo‘yicha komissari Dimitris Avramopulos muallifligidagi hujjatga iqtibos keltirgan holda xabar yozgan.  

"Yevropa Ittifoqi chegaralarida ro‘yxatga olish va hisob yuritish tizimi (ETIAS) uchinchi davlatlarning vizaga ehtiyoj sezmagan fuqarolarining chegarani kesib o‘tishini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan choralardan biri bo‘ladi. Tizim YeI davlatlari hududida bo‘lgan u yoki bu shaxs noqonuniy immigratsiya, xavfsizlik yoki jamoatchilik salomatligini qo‘riqlashga xavf solmayotganini aniqlashga imkon beradi", deb aytilmoqda hujjatda.

Avramopulus rejasiga ko‘ra, ETIAS "Yevropa Ittifoqi tashqi chegaralarini nazorat qilishdagi yetishmayotgan bo‘g‘in" bo‘lishi kerak, chunki o‘zida ittifoqning xavfsizlik siyosati va migratsiya siyosatini birlashtiradi", deb aytilgan hujjatda.

Rejaga ko‘ra, hujjatning olinishi 10 daqiqadan ko‘p vaqt olmasligi kerak. Bunda odatdagi shaxsiy ma'lumotlar va yashash manzili haqidagi axborotdan tashqari, salomatlik, sudlanganlik, deportatsiyalar va harbiy harakatlar hududida bo‘lganlik haqidagi ma'lumotlar so‘raladi. Bu ma'lumotlar qayta ishlanishi vaqtida Yevropa boshqarmalarining, misol uchun Yevropolning (Yevropa politsiyasi), ko‘plab bazalariga kirishi mumkin bo‘lishi kerak.

Ta'kidlanishicha, tizim Fransiya va Belgiyadagi teraktlardan keyin bunday hujumlarni kelajakda bartaraf etish maqsadida yaratila boshlangan.

Yangi tizim birinchi navbatda britaniyaliklar, YeI vizasiz tartib olib boradigan davlatlar fuqarolariga tegishli bo‘ladi. Sentyabrdayoq The Guardian nashri Yevrokomissiya Buyuk Britaniya fuqarolarini Shengen hududi davlatlariga jo‘nashi oldidan elektron viza olish va bunga 14 dollar haq to‘lashga majburlab qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgandi. London YeI tarkibidan chiqqandan keyin Tumanli albionning YeIda dam olish yoki biznes yuritishni istovchi millionlab fuqarolari ETIAS’da ro‘yxatdan o‘tib, buning uchun haq to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top