08:38 / 16.11.2016
5843

Poroshenko Trampni Ukrainaga taklif qildi

Foto: EPA

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Tomonlar suhbat davomida aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar. Bu haqda Ukraina prezidenti saytida ma'lum qilindi.

"Poroshenko Donald Trampni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi va AQShning yangi ma'muriyati bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida faol hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi", deyilmoqda xabarda. 

Ta'kidlanishicha, Poroshenko "Rossiya tajovuziga" qarshi Ukrainaning Vashington tomonidan qat'iy qo‘llab-quvvatlanishi davom etishi muhimligini ta'kidlab o‘tgan. Ukraina prezidenti, shuningdek, Trampni istalgan qulay vaqtda Ukrainaga tashrif buyurishga taklif qildi.  

 

Mavzuga oid
Top