11:20 / 16.11.2016
11842

Tramp ikkinchi marta Yangi Zelandiya bosh vaziriga qo‘ng‘iroq qildi

Arxiv surat / Daily Mail

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Yangi Zelandiya bosh vaziri Jon Kiga ikkinchi bor qo‘ng‘iroq qilib, u bilan bog‘lanishga urindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Tramp u bilan suhbatda Yangi Zelandiyada ikki kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi. Davlat rahbarlari, shuningdek, hamkorlik, iqtisodiyot va savdo masalalari bo‘yicha ham fikr almashishdi.
Avvalroq Tramp Yangi Zelandiya bosh vaziriga qo‘ng‘iroq qilib, tusha olmagan edi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Ki bu paytda zilzila oqibatlarini bartaraf etish masalasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lgan.
 

Top