17:03 / 16.11.2016
3895

«O‘zbekengilsanoat» 2016 yilning 3 choragida 767,3 mln dollarlik mahsulotlarini eksport qildi

«O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar 2016 yilning yanvaridan sentabrigacha 2,7 trln so‘m miqdoridagi mahsulotlar ishlab chiqargan.

Aktsiyadorlik jamiyati ma'lumotiga ko‘ra, shundan 1,2 trln so‘mlik mahsulot ichki bozor talablarini qondirish uchun yo‘naltirilgan.

Yilning uch choragida korxonalarga 153,7 mln dollar miqdoridagi investitsiyalar jalb etilgan. Natijada, 25ta investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etilib, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Yengil sanoat korxonalari yilning 9 oyida 767,3 mln dollar miqdoridagi mahsulotlarini eksport qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,9 foizga ko‘pdir. Hisobotda keltirilishicha, bu davrda eksportchilar soni 38taga ortib, 250taga yetgan.

Top