15:08 / 16.11.2016
6583

Video: Ispaniya terma jamoasi futbolchilari "haykallarga aylandi"

Angliya terma jamoasidan qolishmagan holda Ispaniya termasi ham Mannequin Challenge fleshmobiga qo‘shildi.

Jamoa futbolchilari Angliyaga qarshi kechgan va oxirgi daqiqalarda urilgan 2 gol orqali durang natijaga erishilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin kiyim almashtirish xonasida Mannequin Challenge fleshmobini tashkillashtirishdi.

Bu fleshmobga ko‘ra, xonadagi kishilar kamera ularni tasvirga aylanib chiqquniga qadar bir nuqtada harakatsiz qotib turadi hamda "vaqt to‘xtashi" effekti hosil qilinadi.

Bundan oldinroq, Angliya terma jamoasi hujumchisi Jyeymi Vardi Ispaniyaga urgan golini nishonlashda jamoadoshlari bilan shu fleshmobni uyushtirgan xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top