19:01 / 16.11.2016
8349

"Vizasiz" davlatlar fuqarolari Shengenga kirishda 5 yevrodan to‘lashlari mumkin

Foto: CMPT

Yevrokomissiya Shengenga kirish uchun konsullik to‘lovini amalga oshirmaydigan "vizasiz" davlatlar fuqarolaridan 5 yevrodan olishni taklif qilmoqda. Bu haqida EUObserver xabar berdi

Bu pul vositalari Shengenga kirayotganlarni nazorat qilish uchun umumevropa aksilterror, migratsion va jinoiy ma'lumotlar bazasini moliyalashtirishga sarflanadi. Mazkur tizimning tuzilishi, xususan, Yevroittifoq mamlakatlarining Ukraina va Turkiyaga vizasiz rejim taqdim qilinishi ehtimoli oldidagi xavfni kamaytirishi kerak. 

"Bugun Yevrokomissiya vizasiz rejim haqidagi bitimga ega fuqarolarning Shengen hududiga kirishi uchun 5 yevrolik  to‘lovni joriy qilish haqidagi taklifini ilgari suradi", - deya ta'kidlangan portalda. Shu tariqa, har yili 60 "vizasiz" davlatdan (AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Lotin Amerika davlatlari va boshqalar) YeIga keluvchi 30 million kishi bu shartnoma ta'siriga tushadi. Buyuk Britaniya fuqarolari ham YeIdan to‘liq ajralib chiqqanidan keyin bu to‘lovni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keladi. 

Ushbu ETIAS tizimini yo‘lga qo‘yish qarori Parij va Bryusseldagi teraktlardan keyin qabul qilingan. 

 

Mavzuga oid
Top