17:41 / 16.11.2016
5134

Janubiy Koreya prokuraturasi prezidentni shu hafta so‘roq qilishni talab qilmoqda

Foto: RIA «Novosti»

Koreya respublikasi prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xeni shu hafta so‘roq qilish lozimligini ta'kidlamoqda. Koreya prezidenti shov-shuvli siyosiy mojaro markazida bo‘lib qolgani bunga sabab bo‘lmoqda, deb xabar qilgan Yonxap agentligi. 

Avval xabar qilinganidek, Koreya huquq-tartibot idoralari Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Sil davlat ishlariga aralashishi hamda yirik korporatsiyalardan pul undirishga aloqasi bor-yo‘qligini aniqlash niyatida. 

"Bizning asosiy maqsadimiz, so‘roqni uzog‘i bilan payshanba kuni o‘tkazish. Ammo, biz yana bir bor yon berishimiz va prezidentni juma kuni so‘roqqa tutishimiz mumkin", — deya Seul prokurorlaridan birining so‘zlarini keltiradi Koreya agentligi. 

Top