14:31 / 16.11.2016
5691

JARda OIVga qarshi yangi vaksina sinovlari boshlandi

Foto: © AP

Janubiy Afrika Respublikasida OIVga qarshi yangi vaksina sinovlari boshlandi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi.  

Mamlakat vitse-prezidenti Siril Ramapos parlamentda shunday ma'lumot bilan chiqdi: "Shunisi muhimki, OIV bilan kurashish borasida inqilobga aylanishi mumkin bo‘lgan vaksina Janubiy Afrika olimlari tomonidan nazorat qilinmoqda", - dedi u. 

Tajriba qiymati 135 million randga (10 million dollar) baholanmoqda. Mamlakatning 18 mintaqasidan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan, OIVga chalinmagan 5400 nafar ko‘ngilli tanlab olinadi. Ularning yarmiga vaksinaning besh dozasi yuboriladi, ikkinchi yarmi esa - qiyosiy tahlil uchun qo‘llanuvchi platsebo oladi. Ko‘ngillilar uch yil davomida nazorat ostida bo‘lishadi. Mazkur tajriba natijalari 2022 yildagina ma'lum bo‘ladi. 

Joriy yilda JARda OIV bilan kasallanganlar soni 7 milliondan oshdi (aholisi - 56 millionga yaqin). Statistika xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda 7,03 million kishi (aholining 12,7 foizi) OIV tashxisi bilan ro‘yxatdan o‘tgan, 2015 yilda bu ko‘rsatkich 6,19 million kishini (11,2 foizi) tashkil qilgan. 
 

Mavzuga oid
Top