09:35 / 16.11.2016
10016

Jinoyat sodir etib qochib yurgan buxorolik IIB xodimlari tomonidan ushlandi

Urganch temir yo‘l bekati tarmoq IIB JQ va UJQKB tezkor vakillari mayor Jahongir Abdullayev va leytenant Muzaffar Bobojonov o‘z vazifalarini bajarib, yo‘lovchilarni tekshiruvdan o‘tkazayotgan bir vaqtda shubhali bir kishi ularning e'tiborini tortadi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Ular yigitni xizmat xonasiga boshlab borishadi. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida gumonlangan shaxs muqaddam jinoyat sodir etib, qochib yurgan nusxa bo‘lib chiqadi.

Bu fuqaro Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Do‘rmon” qishloq fuqarolar yig‘inida yashagan M.O‘ bo‘lib chiqdi. U Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, bundan uch yil muqaddam O‘zbekistondan chiqib ketgan, bu vaqtlarni Yaqin Sharq davlatlarida o‘tkazgan. 
U dastlabki surishtiruvda Shofirkonga borib, hamqishloqlarini respublikadan olib chiqib ketmoqchi bo‘lganini aytib berdi.

 

Top