12:35 / 17.11.2016
5726

AQSh Kongressiga saylov tizimini o‘zgartirish taklifi berildi

Foto: Rambler/novosti

Kaliforniyalik senator Barbara Bokser AQSh kongressiga mamlakat prezidentligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlarni joriy etish bo‘yicha taklif kiritdi. Bu haqda Fox News xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtdagi ovoz berishlar bevosita bo‘lmagan saylov tizimi «eskirgan va demokratik emas».

Telekanalda qayd etilishicha, bu tashabbus asosiy tarkibi respublikachilardan iborat bo‘lgan kongress tomonidan rad etilishi tayin.

Bundan oldinroq, AQShdagi saylovda  Demokratik partiya nomzodi sifatida ishtirok etgan Hillari Klinton Donald Trampni 1 mln ovoz bilan ortda qoldirgani, lekin mavjud saylash tizimi tufayli, ya'ni saylov hay'ati a'zolarining tanlovi tufayli mag‘lub bo‘lgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylovchilar u yoki bu nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi Saylovchilar hay'ati a'zolari uchun ovoz berishadi. Ular keyinchalik o‘z nomzodlarini prezidentlikka saylashadi. 

Mavzuga oid
Top