19:02 / 17.11.2016
9408

Berni Sandersning Klinton saylov oldi kampaniyasi haqidagi iqrorliklari

Berni Sandersning kitobi "Bizning inqilobimiz: Ishonish mumkin bo‘lgan kelajak" (Our Revolution: A Future to Believe In), deb nomlangan. Ushbu kitobida Vermont shtati senatori progressiv siyosiy voqeliklar tomon yo‘nalishini davom ettiradi. Unda o‘z saylov oldi kampaniyasining asosiy mavzularini maksimal darajada to‘liq ochib beradi. 

Berni Sanders kitobda o‘z strategiyasining asosiy tamoyillarini bayon qiladi, eng qiziqarli lahzalarni yodga oladi va Klinton hamda butun siyosiy isteblishmentni  o‘ziga xos usulda fosh qiladi. 

Quyida Sandersning yetti asosiy nuqtai nazarini keltirib o‘tamiz.

1. Sanders teng bo‘lmagan kurashda raqib ustidan g‘alaba qozonishning mohiyatan ilojsiz ekanligini ta'kidlashda davom etmoqda. 

Kampaniyaning dastlabki bosqichlarida Sanders OAVni Demokratik partiyaning g‘alabasiga umid qilayotganiga ishontirgan. Birok kitobda u shunday yozadi: "Yuragimning tub-tubidan buning qanchalik noreal maqsad ekanligini yaxshi bilardim". 

"Biz shunchaki autsayder emasdik. Biz butun boshli mamlakatning siyosiy va moliyaviy isteblishmentiga qarshi turdik". Sanders Demokratik partiyaning Milliy qo‘mitasini debatlar sonini ko‘paytirishga ishontirish qanday qiyin kechganini esga oladi. 

"Milliy qo‘mita va uning raisi Debbi Vasserman-Shultsni bizning aynan nima demoqchi ekanligimiz unchalik qiziqtirmaganiga amin bo‘ldik. Ularning o‘z kun tartibi bo‘lgan". 

Joriy yilning yozida Vas­ser­man-Shults iste'foga chiqdi. Elektron pochta bilan bog‘liq mojarolar fonida ovoz berishning birinchi raundida Klintonning g‘alabasini ta'minlash uchun Qo‘mitaning qanday "ter to‘kkani" oydinlashdi. 

2. Sanders Klintonni ba'zan "iflos" va "adolatsiz" o‘yinda aybladi

U Klintonning Qo‘mitasini nomzodni qo‘llashda "iflos va adolatsiz" o‘yinda aybladi va ularning Sandersni qandaydir yo‘llar bilan Venesuela sobiq prezidenti Ugo Chaves bilan bog‘lashga urinishganini qayd etdi. O‘z vaqtida Sanders Vermont shtatini issiqlik bilan ta'minlash uchun Venesuela neftidan foydalanish imkonini muhokama qilgan. "Iflos usul. Bizning javobimiz: o‘z tarafdorlarimizga bularning barchasi Qo‘mitaning uydirmalari ekanligini tushuntirish", - deb yozadi u. Bundan tashqari, u qurol savdosi nazoratiga oid taklifiga Klintonning hujumlarini "ochiqchasiga adolatsiz", deb ataydi va darhol bunday vaziyatda o‘zi ham qiyin ahvolda qolgan bo‘lishini tan oladi. 

3. Sanders Trampga qarshi turishda Klintondan ko‘ra ko‘proq imkonga ega bo‘lganini ta'kidlamoqda. 

"Bu Hillari Klintonga yoqmasligi mumkin edi. Partiya tepasidagilarni ham qoniqtirmasligi mumkin edi. Biroq demokratlarga Oq uyda qolishga yordam beruvchi eng kuchli nomzod men ekanligim yaqqol ayon bo‘lib borardi", - deb yozadi Sanders 2015 yil so‘nggidagi so‘rovnomalarga tayanib. 

Hammasi Klintonning foydasiga hal bo‘layotgan vaqtda ham o‘zining yengilishni istamaganini Sanders so‘rovnoma ma'lumotlari bilan izohlaydi - unga ko‘ra, u Trampga qarshi chiqishda Klintonga nisbatan ko‘proq imkonga ega bo‘lgan.

"Biz demokratlar haqiqatdan g‘olib bo‘lishni istashganida superdelegatlar nihoyat ularga bu ishda kim yordam berishi mumkinligini anglashlariga umid qilgandik". 

4. Sanders vitse-prezident Jo Baydenning poygaga qo‘shilishiga nisbatan aralash tuyg‘ularni his qilgan.

Sanders Baydenni do‘sti deb aytsa-da, uning prezidentlik poygasida qatnashish yo qatnashmaslik borasida o‘ylab yurgan paytida aralash tuyg‘ularni his qilganini yozgan. 

"Bir tomondan, uning boshqaruvi bizning foydamizga hal bo‘lardi, chunki u Klintondan konservativ elektoratning bir qismini olib qo‘yardi. Boshqa tomondan esa, kampaniyamizning asosiy kuchlari Klintonga qaratilgan edi". 

5. Sanders dastlab OAV pozitsiyasini tanqid qilgan

Trampning g‘alabasidan keyin hamma amerikaliklarning aksariyatidan mutlaqo farq qilgani va yaqinlashib kelayotgan bo‘ronni ko‘ra bilmagani uchun medianing ustidan kula boshladi. "Korporativ OAV va demokratiyamiz tahdidi" nomli bobda Sanders hukumatga haddan ziyod katta e'tibor qaratayotgan mediani tanqid qiladi. 

"Odatda qoidasi shunday edi: masala oddiy inson uchun qanchalik muhim bo‘lsa, korporativ OAV unga shuncha kam qiziqardi".

6. Bir yarim soatli uchrashuv Klintonga oliy ta'lim masalasida Sandersni qo‘llash uchun imkon berdi.

Sandersning aytishicha, 14 iyun kuni kechqurun Vashingtondagi mehmonxonalardan birida ular turmush o‘rtog‘i va saylov oldi kampaniyasi menejyeri bilan birga bir yarim soat mobaynida Klinton va uning shtabi a'zolari bilan suhbat olib borishgan.

"Bu uchrashuv Klintonga davlat kollejlari va universitetlarida bepul ta'limni yo‘lga qo‘yish borasidagi o‘zining eng kuchli takliflarini kiritish imkonini yaratgan". 

Dastlab Klinton va Sanders oliy ta'lim olishni yengillashtirish bo‘yicha ko‘p bahslashishgan. Oxir-oqibat Klinton dastlabki rejasining biroz o‘zgartirilgan versiyasini taqdim etgan, unda Sandersning takliflari inobatga olingan edi. 

7. Kitobdan nafaqat jiddiy siyosiy takliflar, balki ba'zi qiziq hodisalar va ajabtovur faktlar ham o‘rin olgan. 

Sanders poygaga qo‘shilishi haqida e'lon qilingandan keyingi birinchi uchrashuvga kelayotib, adashib qolgan va o‘z vaqtida yetib kelolmagan: "Umuman olganda GPS bizni Meyn-stritdagi to‘g‘ri manzil bo‘yicha olib keldi, faqat shahar boshqa bo‘lib chiqdi. Boshlanishi u qadar yaxshi bo‘lmadi, albatta". 

Vermont shtati senatoriga «Saturday Night Live» shousida Larri Devidning uni tasvirlagani juda ma'qul keldi. "Berni Sanders o‘zimdan-da yaxshi chiqdi". 

75 yoshli Sanders ijtimoiy tarmoqlarga ko‘p ishonmasligini tan oladi: "Radikal bayonot berishimga ijozat bersangiz, men chuqur mohiyatga ega fikrni 140ta belgi orqali ifodalab bera olishingizga ishonmayman". 

Mavzuga oid
Top