11:00 / 17.11.2016
4292

BMT Xalqaro jinoyat sudining AQSh harbiylarining Afg‘onistondagi harakatlari bo‘yicha tergovini qo‘llab-quvvatlamoqda

© Flickr/ The U.S. Army

BMT Xalqaro jinoyat sudining AQSh harbiylarining Afg‘onistonda harbiy jinoyatlar amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha olib borayotgan tergovini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakili Farxon Haq ma'lum qildi.  

"Bu Xalqaro jinoyat sudi qiladigan ishning bir qismi. Biz istalgan jinoyat, u qayerda amalga oshirilganidan qat'iy nazar, tergov qilinishi bo‘yicha sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Sud bunday jinoyatlarni taqib qilishini ko‘rish yaxshi, biroq ular keyin nima qilishlarini kuzatish kerak", deb aytdi Haq matbuot-anjumanida.

Avvalroq sud prokurori Fatu Bensuda ayni vaqtda mavjud isbotlar AQShlik harbiylar va Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari Afg‘onistonda so‘roqlar vaqtida mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llagani va boshqa jinoyatlarni amalga oshirganini taxmin qilishga imkon berishini ma'lum qilgandi. 
 

Top