16:20 / 17.11.2016
20614

Foto: O‘zbekistonlik muxlislar Babayan o‘rniga terma jamoaga Abramov qaytishini istamoqda

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasidagi muhim uchrashuvda Janubiy Koreyadan yengilgach, terma jamoaning muxlislari bosh murabbiy Samvel Babayanga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishda aksiya boshlagan, uning iste'fosini talab qilgandi. Keyinroq, bu aksiya hayotga ham ko‘chgani ma'lum bo‘ldi.

Tvitter foydalanuvchilari #babayanout heshtegi ostida minglab tvitlar qoldirayotgan bir vaqtda Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida orqa oynasiga "Samvel! Xalqning nafratiga uchramasdan joyni Vadim Abramovga bo‘shat!" yozuvlari tushirilgan poster yopishtirilgan avtomobil surati joylashtirildi.

O‘zbekiston termasi JCh—2018 saralash bosqichining birinchi davrasida guruhdagi asosiy raqiblari bo‘lmish Eron va Janubiy Koreyadan yengilgach, 5-turdan keyin 9 ochkosi bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi davra o‘yinlari mart oyi oxirida boshlanadi.

Vadim Abramov: Ishlashga tayyorman

Top