21:35 / 17.11.2016
9749

Kechki dayjest: 17 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 17 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida. 

Fitch O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari miqdorini keltirdi


Foto: financeandcareer.com

 

Fitch Ratings reyting agentligi O‘zbekistonning davlat nazorati ostidagi 4ta bankining xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolti reytingini «B» darajadan «B+» darajagacha ko‘tardi.  

>>> Batafsil.

Taniqli sayyoh va jurnalist, Pulittser mukofoti laureati Pol Salopek Andijonda bo‘ldi


Suratlar : Elmurod Ermatov

Afrikadan Janubiy Amerika tomon yayov sayohatini davom ettirayotgan amerikalik taniqli jurnalist va yozuvchi National Geographic jurnali muxbiri, ikki bora Pulittser mukofoti sohibi -  Pol Salopek Andijonga yetib keldi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston terrorizm xavfi pastligi bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda


Foto: Guardian

London iqtisodiyot va tinchlik instituti 16 noyabr kuni Global Terrorism Index (GTI) nomi bilan terrorizm bilan bog‘liq global jarayonlar va ko‘rsatkichlar tahlilini e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Hillari Klinton mag‘lubiyatdan keyin nimalarni his qilgani haqida gapirib berdi


Foto: Reuters

AQSh prezidentligi saylovida Demokratlar partiyasi nomzodi sifatida ishtirok etib, respublikachilar nomzodi Donald Trampga yutqazgan Hillari Klinton jurnalistlar qarshisida chiqish qildi.

>>>  Batafsil.

Eron prezidenti Qirg‘izistonga tashrif buyuradi


Foto: Reuters

Eron prezidenti Xasan Ruhoniy kelayotgan haftada rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keladi.  

>>> Batafsil.

Video: Xudkush terrorchi minib kelayotgan avtomobil masofadan turib yo‘q qilindi

Frantsuz maxsus topshiriqli harbiylari o‘zlari tomon yurib kelayotgan, ichiga portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobilni masofadan turib portlatishdi.

>>> Batafsil.

Sargsyan Rossiya «Iskander»larining Armanistonda joylashtirilishiga izoh berdi

Armaniston prezidenti Serj Sargsyanning izoh berishicha, Rossiyaning «Iskander» raketa majmualarini respublika hududida joylashtirish majburiy choradir.

>>> Batafsil.

AQSh harbiylari IShIDga qarshi kurashda Turkiyaga yordam berishni to‘xtatdi


Foto: Reuters

Amerikalik harbiylar IShIDga qarshi quruqlikdagi harbiy harakatlar olib borayotgan Turkiyani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Defense News nashri xabar tarqatishicha, amerikaliklar NATOda ekstremistik guruhga qarshi kurash bo‘yicha yakdil fikr mavjud emas deb hisoblamoqda.

>>> Batafsil.

Hindistonda valyuta ayirboshlash 30 dollar bilan cheklab qo‘yildi


Foto: © EPA

Hindiston hukumati yirik banknotalarni muomaladan chiqarib tashlash haqidagi qaroridan keyin valyuta ayirboshlash qoidalarini kuchaytirdi.

>>>  Batafsil.

Dubayda farzandlaridan ajratilib, boshpanasiz qolgan ayol qissasi


Foto: XPRESS

Taqdir Zaynab Favadni shafqatsiz sinovlarga duchor qildi. Kamsitilgan, 4 yoshli egizak farzandlaridan ajratilgan, panjara ortida o‘tirib chiqqan, boshpanasiz qolgan 44 yoshli hind ayoli hozir juda qiyin ahvolda qolgan.

>>> Batafsil.

«King Kong» haqidagi yangi filmning ilk treyleri chiqdi

Internetda «Kong: bosh chanoqlar oroli» blokbasterining to‘liq rasmiy treyleri paydo bo‘ldi. Kartinada King-Kong afsonasiga yana bir bor murojaat qilingan bo‘lib, «Godzilla» filmi prodyuserlari ishtirokida suratga olingan.

>>> Batafsil.

Los Anjyelos saloni: Bu avtomobillar birinchi marta namoyish qilinmoqda

 

AQShning  Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tayotgan avtoshouda yilning eng zamonaviy, so‘nggi texnologiyalar bilan xihozlangan avtomobillarini uchratish mumkin.

>>> Batafsil.

«Lokomotiv» Oliy Ligada muddatidan oldin chempion bo‘ldi


Foto: O‘zPFL

Toshkent shahrining «Lokomotiv» jamoasi Oliy Liganing 29-turidagi uchrashuvini o‘tkazishidan oldinoq mavsum chempioni bo‘lishi oydinlashdi.

>>> Batafsil.

Top