14:07 / 17.11.2016
8081

Qirg‘iziston hukumati qasamyod qabul qildi

Qirg‘izistonda Vazirlar Mahkamasi qasamyod qabul qildi. Marosim bugun parlament binosida (Jogorku Kenesh) bo‘lib o‘tgan.

Marosim mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev ishtirokida kechgan.

Hukumatning avvalgi tarkibi o‘tgan oy oxirida parlament ko‘pchiligi koalitsiyasi tarqalib ketganidan so‘ng o‘z-o‘zidan iste'foga chiqarilgandi.

Qirg‘iziston prezidenti 11 noyabr kuni mamlakatning yangi hukumatini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.

Qirg‘iziston hukumatining yangi tarkibi avvalgisidan deyarli farq qilmaydi. Bosh vazir Sooronbay Jeenbekov, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning deyarli barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi.

Ta'lim va fan vaziri etib tayinlangan bosh vazir o‘rinbosari Gulmira Kudayberdiyeva o‘rniga Cho‘lpon Sultonbekova, ichki ishlar vaziri Kashkar Junushaliyev o‘rniga esa Aksilkorrupsiyaviy xizmatning sobiq rahbari Ulan Isroilov loyiq ko‘rildi.

Hukumat a'zolari Konstitutsiya va qonunlarga amal qilishga ont ichishgan. Ular o‘z qasamlarini buzishsa javobgarlikni zimmalariga olishga tayyor bo‘lishga va'da qilishgan.

Mavzuga oid
Top