12:16 / 17.11.2016
5417

Qozog‘iston hukumati fuqarolarini teraktlar oldini olishda ko‘rsatilgan yordam uchun mukofotlaydi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘iston hukumati teraktlar oldini olishda o‘z ma'lumotlari bilan yordam ko‘rsatgan fuqarolarga pul mukofotlari to‘lashni joriy etish haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda davlat nashrlari xabar tarqatgan.

"Terrorizm aktlari amalga oshirilishi oldini olish yoki to‘xtatishda yordam ko‘rsatuvchi ma'lumotlar bergan fuqarolarni mukofotlash tartibi to‘g‘risida"gi hujjat 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

Hujjatga ko‘ra, terakt oldini olishda yordami teguvchi ma'lumot bergan shaxslarga 750-1000 oylik hisoblash indeksi miqdorida mukofot belgilanadi. Ayni vaqtda Qozog‘istonda 1 OHI miqdori 2121 tenge (6,2 dollar AQSh dollari).

"Hududiy organlar 3 ish kuni mobaynida fuqarolarga teraktlar ehtimoli haqida ma'lumot beruvchilar mukofotlanishi haqida xabar yetkazishlari kerak", — deyilgan qarorda.

Bu qaror Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomoni tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.

Top